Xalqaro valyuta munosabatlari va O’zbekistonning xalqaro valyuta munosabatlaridagi o’rni hisoblanadi

Xalqaro valyuta operatsiyalari tushunchasi, ularning shakllari va ishtirokchilari. Yevropa valyuta tizimining evolyutsiyasi. Xalqaro kreditning tamoyillari, shakllari va turlari. O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda kredit munosabatlarining roli.

Рубрика Международные отношения и мировая экономика
Вид курсовая работа
Язык узбекский
Дата добавления 07.12.2022
Размер файла 1,0 M

Отправить свою хорошую работу в базу знаний просто. Используйте форму, расположенную ниже

Студенты, аспиранты, молодые ученые, использующие базу знаний в своей учебе и работе, будут вам очень благодарны.

Размещено на http://www.allbest.ru/

Mundarija

Kirish

1. Xalqaro valyuta munosabatlari tushunchasi, ularnin shakllari va asosiy ishtirokchilari

2. Xalqaro kreditning tamoyillari, shakllari va turlari

3. O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xalqaro valyuta-kredit munosabatlarining o'rni

4. O'zbekistonning xalqaro valyuta kredit mulosabatlarida rolini oshirish yo'nalishlari

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

Kirish

Mavzuning dolzarbligi. O'zbekistonning xalqaro iqtisodiy maydondagi nufuzi va mavqeyi sezilarli darajada va muntazam oshib bormoqda.

Hozirgi davrda dunyo mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti o'zining ma'no-mazmuni jihatidan oldingi bosqichlardan keskin farq qiladi. Bunda eng asosiy va muhim jihat - milliy iqtisodiyotlarning tobora integratsiyalashuvi va globallashuvining kuchayib borishidir. Ayni paytda bu jarayonlar xalqaro miqyosda moliya, kredit va valuta munosabatlariga o'z ta'sirini ko'rsatmoqda.

Xalqaro valuta-kredit munosabatlari - bozor iqtisodiyotining tarkibiy qismi va eng murakkab jarayonlaridan biridir. Ko'plab omillar ta'sirida xalqaro valuta- kredit munosabatlari murakkablashmoqda va hozirgi sharoitda o'zining o'ta beqarorligi bilan ahamiyatlidir.

Bugungi kunda davlat va xo'jalik yurituvchi subyektlarning tashqi iqtisodiy aloqalarini pul bozori yoki valuta bozori, undagi valuta operatsiyalarining rivojisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Shu sababli xorijiy valutalar bilan bog'liq jahon tajribasini o'rganish O'zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida shakllanayotgan bozor iqtisodiyoti uchun katta ahamiyat kasb etadi.

Xalqaro valyuta-kredit munosabatlarinign rivojlanishi o'z navbatida investitsiyalar hajmining o'sishiga, mamlakatning toboro integratsiyalashuvini oshishiga olib keladi. Mamlakatimizda ham xalqaro valyuta-kredit munosabatlari tobora rivojlanib bormoqda.

Bu to'g'risida davlatimiz rahbari Sh.M. Mirziyoyev ham “Xalqimizning fidokorona mehnati bilan 2019-yil - “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da salmoqli natijalarga erishdik. Barcha sohalardagi ijobiy natijalar qatorida investitsiyalar hajmi ham sezilarli darajada oshdi.

Ayniqsa, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar 4,2 milliard dollarni tashkil etib, 018-yilga nisbatan - mana shu raqamga e?tiboringizni qaratmoqchiman - 3,1 milliard dollarga yoki 3,7 barobar o'sdi. Investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 37 foizga yetdi.

Mamlakatimiz ilk bor xalqaro kredit reytingini oldi va jahon moliya bozorida 1 milliard dollarlik obligatsiyalarini muvaffaqiyatli joylashtirdi. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti tomonidan O'zbekistonning kreditga doir tavakkalchilik reytingi oxirgi 10 yilda birinchi marta yaxshilandi” deya ta'kidlaganlar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 24.01.2020.

Yuqorida bildirilgan fikrlar mazkur kurs ishining dolzarbligini asoslab beradi.

Kurs ishining maqsadi xalqar-valyuta kredit munosabatlarini tartibga solinishini, uni mamlakatimizda tobor rivojlantirilishi bo'yicha ilmiy-amaliy tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat. Mazkur maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:

- xalqaro valyuta-kredit munosabatlari mazmun-mohiyatini, ularning shakllarini ochib berish;

- xalqaro valyuta-kredit munosabatlari bo'yicha mavjud qarashlarni tadqiq etish;

- xalqaro kredit tamoyillari, ularning shakllari va turlarini o'rganish;

- O'zbekistonda iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro valyuta-kredit munosabatlarini tutgan o'rnini tahlil qilish;

Kurs ishining obyekti xalqaro valyuta munosabatlari va O'zbekistonning xalqaro valyuta munosabatlaridagi o'rni hisoblanadi.

Kurs ishining predmeti mamlakatimizda xalqaro valyuta munosabatlarini rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o'z ichiga oladi.

Kurs ishining nazariy va uslubiy asoslarini xorijlik yetakchi olimlarning xalqaro valyuta-kredit munosabatlarini tartibga solinishi, uning zaruriyati va ahamiyati borasidagi amaliy ishlanmalari, ilmiy maqola va konseptual nazariyalari tashkil etadi.

1. Xalqaro valyuta munosabatlari tushunchasi, ularning shakllari va asosiy ishtirokchilari

Xalqaro valuta munosabatlari - valutaning jahon xo'jaligida amal qilishi borasida shakllanadigan va milliy xo'jaliklar faoliyati natijalarining o'zaro almashuviga xizmat ko'rsatadigan ijtimoiy munosabatlar yig'indisidir Красавина Л.Н.Международные валютно-кредитные и финансовые отношения. -- М.: «ФиС». 2001 г. С. 1.. Yoki davlatlar, jahon valuta bozorining subyektlari, muayyan davlatning rezident yoki norezident shaxslari orasida valutalarni sotish, sotib olish, majburiyatlarni bajarish va boshqa shu kabi jarayonlarda vujudga keladigan munosabatlardir Платонова И.Н. Валютный рынок и валютное регулирование. -М.: «ФиС». 2004. С. 67..

Valuta munosabatlarining paydo bo'lishi, o'zgartirilishi yoki tugatilishining huquqiy asoslari xalqaro kelishuvlar hamda davlatning ichki qonun va qoidalari hisoblanadi.Valuta munosabatlari nisbatan mustaqil munosabatlar bo'lgani holda to'lov balansi, valuta kursi, hisob-kitob operatsiyalari orqali Jahon iqtisodiyotiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi.

Valuta munosabatlarining holati quyidagilarga bog'liq bo'ladi:

– milliy va jahon iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasi;

– siyosiy ahvol;

– jahon bozorida davlatlararo munosabatlar borasidagi muammolar va ularning rivojlanish tendensiyalari.

Valuta munosabatlarining asosiy ishtirokchilari sifatida xalqaro moliyaviy tashkilotlar, davlatlar, davlatlarning rezident va norezident shaxslari maydonga chiqadi.

Rezident shaxslar - bu muayyan davlat hududida yashayotgan va faoliyat ko'rsatayotgan hamda shu davlatning fuqarosi bo'lgan yuridik va jismoniy shaxslardir.

Norezident shaxslar - bu muayyan davlat hududida yashayotgan va faoliyat ko'rsatayotgan, lekin shu davlatning fuqarosi bo'lmagan yuridik va jismoniy shaxslardir. Masalan, elchixonalar, vakolatxonalar, chet el firma va kompaniyalarining filiallari va shu kabilar.

Shu bilan birga, bu yerda shuni ta'kidlab o'tmoq lozimki, valuta munosabatlarining faol ishtirokchilaridan biri bu - tijorat banklaridir.

Tijorat banklari milliy, hududiy va jahon valuta bozorlarida nafaqat o'z manfaatlari, balki o'z mijozlari manfaatlarining himoyachisidir. Jahonning yirik tijorat banklari o'z mijozlarining topshiriqlarini yaxshi bajarish, ularning moliyaviy manfaatlarini himoya qilish va o'z tijorat maqsadlari uchun jahon moliya bozorining yirik markazlarida o'z filiallarini ochgan.

Tijorat banklarida va mijozlarida turli sabablarga ko'ra hamda turli maqsadlarda xorijiy valutaga ehtiyoj paydo bo'ladi. Masalan, agar tijorat bankining mijozi eksportyor bo'lsa, u xorijiy valutada tushum oladi va valuta kursining tebranishi oqibatidagi risklarni hisobga olgan holda, unda shu xorijiy valutada olingan tushumni himoyalash zaruriyati tug'iladi. Shu sababli, u mazkur eksport tushumini sug'urtalash maqsadida o'z bankiga murojaat etadi. Yoki bank mijozi importyor bo'lsa, kontragenti bilan tuzgan o'zaro shartnoma shartlariga muvofiq, belgilangan muddatda eksportyor bilan hisob-kitob qilish uchun unga muayyan miqdorda xorijiy valuta zarur bo'ladi. Shunga muvofiq, mijoz o'z bankiga xorijiy valuta sotib olish maqsadida murojaat qiladi.

Yuqoridagilardan tashqari tijorat bankining xorijiy valutaga bo'lgan o'z zaruriy ehtiyojlari mavjud. Bularga masalan, jahon valuta bozorida oldi-sotdi baholarining farqi sifatida foyda olish maqsadida xorijiy valutalarni sotib olish va sotish, valuta kursining tebranishi oqibatida vujudga keladigan valuta risklarining oldini olish maqsadida xejerlash bilan bog'liq turli valuta operatsiyalarini amalga oshirish kabi harakatlarni keltirish mumkin.

Har qanday davlatda valuta munosabatlari davlat tomonidan tartibga solinadi. Bunda tartibga solish turli qonunlar yordamida amalga oshadi. Masalan, O'zbekiston Respublikasi hududida valuta munosabatlarini tartibga solish maqsadida 1993-yil 7-mayda «O'zbekiston Respublikasi hududida valuta munosabatlarini tartibga solish to'g'risida»gi Qonun qabul qilingan. 2003-yil dekabrda ushbu qonun qayta qabul qilingan. Bundan tashqari, mazkur qonunlar harakatidan kelib chiqqan holda, tijorat banklari, jismoniy shaxslar va xo'jalik yurituvchi subyektlarning tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga soluvchi O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qator me'yoriy hujjatlari va yo'riqnomalari mavjud.

Zamonaviy sharoitda valuta jarayonlarini tartibga solish valuta cheklovlari va soliqlarni hisobga olmagan holda valuta kurslarini tartibga solish bilan bog'liq. Bunday tartibga solishning amaliy instrumentlari davlatda unchalik ko'p emas, ular rasmiy intervensiya deb atalmish valuta bozori mexanizmiga to'g'ridan to'g'ri aralashuv va pul-kredit munosabatlarini tartibga solishning an'anaviy uslublaridan iborat.

Valuta jarayonining muvozanatsizligi, valuta kurslarining nazoratsiz ko'tarilishi va pasayishi iqtisodiyotga tobora kuchayib boruvchi salbiy ta'sir ko'rsatadi. Jumladan:

– birlamchi ehtiyoj mollari bahosining oshishiga va mehnatkashlar iqtisodiy ahvolining yomonlashuviga olib keluvchi import qilinayotgan inflyatsiya;

– milliy valuta kursining nisbatan o'sganligi oqibatida mamlakat tashqi raqobatdoshligining pasayishi;

– valuta zararlari oqibatida banklar va kompaniyalar moliyaviy holatining muvozanatsizligi;

– rasmiy iqtisodiy siyosat samaradorligining pasayishi va shu kabilar.

Valuta muvozanatsizligini davlat tomonidan cheklash bilan bog'liq harakatlari amaliyotda qator qiyinchiliklarga duch keladi: barcha iqtisodiy jarayonlar o'zaro chambarchas bog'liq va hamma vaqt u bilan bog'liq qo'shimcha salbiy oqibatlar bo'lish ehtimoli mavjud - davlat ma'lum bir jarayonlarni tartibga solgan holda boshqa jarayonlarga salbiy ta'sir etishi mumkin.

Valuta bozorida davlat vakillari sifatida ko'p hollarda zimmasiga mamlakatda pul-kredit siyosatini amalga oshirish vazifasi yuklatilgan Markaziy bank maydonga chiqadi. Markaziy banklar hukumat organlariga valuta operatsiyalari bilan bog'liq xizmatlarni ko'rsatishi mumkin yoki milliy valutaga bo'lgan talab va taklif balansini o'zgartirish maqsadida xorijiy valutalarning oldisotdi operatsiyalari bilan ham shug'ullanishi mumkin.

Hozirgi sharoitda rasmiy valuta intervensiyasi deganda davlatning valuta bozoridagi valutaga bo'lgan talab va taklifni hamda kurslar nisbatini o'zgartira oladigan, bir maqsadga yo'naltirilgan faoliyati tushuniladi. Biroq amaliyotda valuta intervensiyasi tushunchasi xorijiy valutaning milliy valutaga nisbatan oldi-sotdisi bilan bog'liq rasmiy shartnomalardan iborat (shu jumladan, davlat tashkilotlariga xizmat ko'rsatish, Xalqaro Valuta Fondi bilan munosabatlar, valuta zaxiralari bo'yicha foiz to'lovlari, xorijiy valutada olingan qarzlar va shu kabilar).

Har qanday intervensiyaning hozirgi paytdagi yakuniy maqsadi - valuta bozorida muvozanatli sharoitni ta'minlash, valuta kurslarining keskin tebranishi ehtimolini bartaraf qilishdir. O'z navbatida, valuta bozorining barqarorligi mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyati va yalpi iqtisodiyotining rivojlanishini ta'minlashi lozim. Har qanday davlat o'z iqtisodiyotining konkret xususiyatlaridan, tashqi iqtisodiy aloqalarda ishtirok etishi uchun uning ochiqlik darajasidan kelib chiqqan holda o'z valuta intervensiyasining vazifalarini belgilaydi.

Amaliyot shuni ko'rsatib turibdiki, hozirgi sharoitda davlatlar valuta bozoridagi o'z faoliyatida qisqa va uzoq muddatli maqsadlarni ko'zlamoqda. Shu bilan birga, ular tomonidan valuta bozoridagi kursning harakat tendensiyasini o'zgartirishga urinishlar qilinmoqda. Markaziy bank tomonidan mamlakat valuta zaxiralari bilan operatsiyalar o'tkazishda ko'plab davlatlarning ehtiyotkorligi ko'zga tashlanmoqda.

Valuta tizimi - milliy qonunchilik yoki davlatlararo kelishuvlar bilan mustahkamlangan valuta munosabatlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish shaklidir Красавина Л.H. Международные валютно-кредитные отношения. -М.: «ФиС». 2001 г. С. 39..

Valuta tizimi - davlatlararo shartnomalar va kelishuvlar bilan belgilanadigan, xalqaro valuta munosabatlarini tashkil etishning davlat-huquqiy shaklidir Бержанов С.А. Валютная система, валютный рынок и валютные операции. - Нукус. 1996 г. С. 53..

Valuta tizimi - xo'jalik aloqalarining baynalmilallashuvi asosida tarixan shakllangan, valuta amali bilan bog'liq iqtisodiy munosabatlar yig'indisidir.

Valuta tizimini valuta, valuta munosabatlari, valuta munosabatlarini amalga oshiruvchi va ularni tartibga soluvchi hamda muvofiqlashtiruvchi organlar yig'indisi sifatida ham tasavvur qilish mumkin.

Valuta tizimining mohiyati, tashkil etilish shakllari va o'rni jamiyat iqtisodiy tizimi bilan belgilanadi.

Valuta qonunchiligi - mamlakat ichki valuta qiymatliklari bilan, bir mamlakat tashkilotlari va fuqarolari hamda boshqa mamlakat tashkilotlari va fuqarolari o'rtasidagi shartnomalarni hamda mamlakat ichkarisidan xorijga va xorijdan mamlakat ichkarisiga milliy va xorijiy valutalar hamda boshqa valuta qiymatliklarini olib kirish, olib chiqish, o'tkazish yo'li bilan amalga oshirilishini tartibga soluvchi qonuniy me'yorlar yig'indisidir.

1-rasm. Valuta tizimining asosiy shakllari Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari. Kasb-hunar kollejlari uchun o'quv qo'llanma / Mualliflar: Xudoyberdiev Z.Y., Qahhorov, Z.Y., Umarov Z.A., Sohibov O.Q. - T.: “IQTISOD - MOLIYA”, 2013. - 9 b.

Valuta tizimi davlatlararo bitim yoki milliy qonunlarga muvofiq valuta munosabatlarini tashkil qilish va boshqarish shakllarini o'z ichiga oladi. Valuta tizimining quyidagi shakllari farqlanadi: milliy, jahon va hududiy valuta tizimlari.

Milliy valuta tizimi mamlakat pul tizimining tarkibiy qismi bo'lib, valuta munosabatlarining yig'indisi sifatida maydonga chiqmaydi, balki ushbu munosabatlarning faqat qonunchilik hujjatlari bilan tashkil etilish tartibini belgilaydi. Valuta munosabatlarini tashkil etishning bunday tartibi, birinchi navbatda, valuta tizimi elementlarini belgilashni o'z ichiga oladi.

Milliy valuta tizimining qonunchilik asosida belgilanadigan elementlariga quyidagilar kiradi:

1) milliy valuta va uning nomi;

2) milliy valuta paritetini belgilash;

3) milliy valutaning konvertatsiya shartlari;

4) milliy valuta kursining rejimi;

5) xalqaro kredit muomala vositalaridan foydalanishni chegaralash (reglamentatsiya);

6) xalqaro zaxira aktivlari tarkibiy qismlari o'rtasidagi nisbatni aniqlash;

7) mamlakat xalqaro hisob-kitoblarini chegaralash (reglamentatsiya);

8) milliy valuta va oltin bozorlari faoliyati rejimi;

9) valuta cheklovlarini o'rnatish tartibi;

10) valuta munosabatlariga xizmat ko'rsatuvchi va ularni muvofiqlashtiruvchi milliy organlar maqomi.

Yuqorida zikr etilgan elementlar yig'indisi xalqaro valuta-kredit va hisob- kitob munosabatlarini amalga oshirish uchun davlat tomonidan belgilanadigan valuta mexanizmidir.

Milliy valuta va uning nomi milliy valuta tizimining asosi hisoblanadi. Milliy valuta paritetini belgilash.

Valuta pariteti - ikki valuta orasidagi qonuniy asosda belgilangan nisbat. Monometallizm davrida (oltin yoki kumush) valuta kursining asosi tanga pariteti hisoblanadi. Tanga pariteti - turli mamlakatlar pul birliklarini o'zidagi metall sig'imiga ko'ra o'zaro solishtirishdir. Tanga pariteti tushunchasi valuta pariteti tushunchasi bilan mos keladi.

2. Xalqaro kreditning tamoyillari, shakllari va turlari

Xalqaro kreditga bo'lgan talab qaysi usulda va muddatda kim tomonidan qondirilishiga, shuningdek, qarz oluvchilarga taklif qilinishiga qarab xalqaro kredit bir necha turlarga bo'linadi. Xalqaro davlat krediti ikki tomonlama kelishuv asosida rivojlangan davlatlar tomonidan rivojlanayotgan davlatlarga tovar yoki valyuta shaklida, foiz to'lash yoki foiz to'lamaslik sharti bilan, uzoq yoki qisqa muddatga beriladi.

1-jadval Xalqaro kredit turlari Galanov V.A. Finansi, Denejnoe obrashenie i kredit: Uchebnik. - M.: FORUM: INFRA-M, 2006. - 416 s.

T/r

Turkumlash belgilari

Xalqaro kredit turlari

1

Kreditlash harakteri bo'yicha

davlatlararo kreditlar

xususiy kreditlar

firma kreditlari

2

Kreditlash shakli bo'yicha

davlat krediti

bank krediti

tijorat krediti

3

Tashqi savdo tizimida tutgan o'rni bo'yicha

eksportni kreditlash

importni kreditlash

4

Kreditlash muddati bo'yicha

qisqa muddatli (1 yilgacha)

o'rta muddatli (1-5 yilgacha)

uzoq muddatli (5 yildan ortiq)

5

Kreditlash ob'ekti bo'yicha

tovar krediti

valyuta krediti

6

Ta'minlanganlik darajasi bo'yicha

tovar-moddiy boyliklar bilan ta'minlangan kreditlar

hujjatlar bilan ta'minlangan kreditlar

Xalqaro bank kreditlarining:

ь bank eksport kreditlari (xorijiy importyorlarga xususiy tijorat banklari, maxsus tashqi savdo banklari tomonidan beriladigan kredit);

ь yevrokredit (yirik tijorat banklari tomonidan yevrovalyuta bozori resurslari hisobidan yevrovalyutada, ikki yildan o'n yilgacha bo'lgan muddatda, o'zgaruvchi foiz stavkada kreditlar berish) kabi turlari mavjud (1-jadval).

Qisqa muddatli xalqaro kreditlarni - xalqaro valyuta fondi, o'rta muddatli kreditlarni - Jahon rivojlanish va taraqqiyot banki, uzoq muddatli (yigirma yilgacha) kreditlarni - Yevropa rivojlanish va taraqqiyot banki berishlari mumkin.

Xalqaro kredit umumjahon munosabatlarining maxsus shakli bo'lib, unda davlatlar, transmilliy korporatsiyalar, xalqaro moliya-kredit tashkilotlari va yirik banklar ishtirok etadilar.

Xalqaro kreditning mohiyati bir yoki bir necha mamlakatlar, xalqaro moliya- kredit tashkilotlari tomonidan boshqa mamlakatlarga milliy iqtisodiyotning alohida tarmoqlarini rivojlantirish va o'zaro xo'jalik aloqalarini kengaytirish uchun tovarlar yoki pul shaklidagi resurslarni vaqtincha foydalanishga berishdan iboratdir.

Xalqaro kredit o'zaro bog'liq funksiyalarni bajarish orqali ikki yoqlama, ya'ni ijobiy va salbiy rol o'ynaydi.

Xalqaro kreditning ijobiy roli takror ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta'minlanishi hamda uning kengayishi orqali ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishining tezlashishida o'z aksini topadi. Ushbuda ularning o'zaro aloqasi aks etadi. Xalqaro kredit tashqi iqtisodiy aloqalarga va pirovard oqibatda takror ishlab chiqarishga ta'sir etuvchi bog'lovchi bo'g'in hamda uzatkich mexanizmi rolini o'ynaydi. Ishlab chiqarish o'sishining mahsuli bo'lgani holda xalqaro kredit bir vaqtning o'zida uning zaruriy sharti va katalizatori bo'lib ham hisoblanadi. U ishlab chiqarish va muomala jarayonlarining baynalmilallashuvi, jahon bozorining shakllanishi hamda rivojlanishiga ko'maklashadi va xalqaro mehnat taqsimotini chuqurlashtiradi. Xalqaro kredit takror ishlab chiqarish jarayonini quyidagi yo'nalishlar bo'yicha tezlashishiga ko'maklashadi: Mamlakatlarning kredit siyosati jahon bozorlarida kreditor mamlakat mavqelarini mustahkamlash vositasi bo'lib xizmat qiladi.

Birinchidan, xalqaro kredit kreditor mamlakatlar mavqelarini o'stirgan holda olingan foydalarni qarzdor mamlakatlardan o'tkazish uchun ishlatiladi. Shu bilan birgalikda ssudalarni foizlar bilan qaytimining jamiyat sof daromadining ma'lum bir hajmidan oshgan yillik to'lovlari qarzdor mamlakatlarda mazkur jamg'armalarning shakllanish manbalariga salbiy ta'sir etadi.

Ikkinchidan, xalqaro kredit qarzdor mamlakatlarda kreditor mamlakatlar uchun qulay bo'lgan iqtisodiy va siyosiy rejimlarning yaratilishi hamda mustahkamlanishiga ko'maklashadi. Ishlab chiqarish va almashuvning baynalmilallashuvi, jahon xo'jalik aloqalari yangi shakllarining paydo bo'lishi xalqaro kreditning turli shakllari rivojlanishiga ob'ktiv asos bo'lib xizmat qiladi.

Xalqaro xususiy kreditlar turli transmilliy korporatsiyalar, firmalar, banklar va vositachi brokerlik kompaniyalari tomonidan berilishi mumkin.

Ushbu kreditlar ichida yirik korxona va firmalar tomonidan beriladigan kreditlar salmog'i juda kattadir. Masalan, O'zbekistonda faoliyat ko'rsatayotgan juda ko'p qo'shma korxonalar xorijiy firmalar va korxonalar tomonidan berilgan kreditlar yordamida yaratilgan.

Xalqaro davlatlar krediti yoki hukumatlararo kreditlar u yoki bu mamlakat hukumati kredit muassasalari tomonidan boshqa mamlakatning u bu tarmoqlarini ustuvor rivojlantirish maqsadida beriladi. Hukumatlararo kreditlar xususiy kreditlarga nisbatan past foizlarda yoki imtiyozli ravishda yoki umuman foizsiz, ayrim hollarda beg'araz yordam sifatida ham berilishi mumkin.

Masalan, 2000 yilda Turkiyada ro'y bergan zilzila oqibatlarini tugatish va iqtisodiyot obektlarini tiklash maqsadida AQSH «Eksimbank»i 50 mlrd. AQSH dollari miqdorida imtiyozli kredit ajratdi.

O'zbekistonda kasb-hunar ta'limini rivojlantirish maqsadida Janubiy Koreya hukumati respublikamizga 37 mln. AQSH dollari miqdorida, Yaponiya hukumati tomonidan ham kreditlar berdi. Bunday kreditlar Yevropa mamlakatlari tomonidan ham berilmoqda.

Xalqaro va mintaqaviy valyuta-kredit tashkilotlari tomonidan beriladigan kreditlar odatda, rivojlanayotgan mamlakatlarga Uzoq muddatlarga, imtiyozli shartlarda, past foizlarda aniq maqsadlarni amalga oshirish uchun beriladi. Bunday maqsadlar qatoriga makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, milliy valyutani mustahkamlash, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni chuqurlashtirish, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, raqobatchilik muhitini shakllantirish, kadrlar tayyorlash dasturlari kabilar kiradi.

Xalqaro va mintakaviy valyuta-kredit tashkilotlari qatoriga Xalqaro valyuta fondi (XVF), Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB yoki Jahon banki), Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK), Osiyo taraqqiyot banki (OTB), Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) va boshqalar kiradi.

O'zbekiston Respublikasining yuqoridagi xalqaro va mintaqaviy valyuta- kredit tashkilotlar bilan xalqaro kredit munosabatlari to'g'risida kelgusi bo'limda batafsil ma'lumot beriladi.

Hozirgi paytda rivojlanayotgan va muhtoj mamlakatlarga xalqaro kreditdan tashqari turli jamoat tashkilotlari va fondlar tomonidan beg'araz yordam ko'rsatilmoqda. Bunday yordam asosan sog'liqni saqlash va ta'lim tizimini rivojlantirish, ekologik muammolarni bartaraf etish va boshqa maqsadlarda berilmoqda. Bunday tashkilotlar sifatida Xalqaro «Ekosan» fondi, Xalqaro Qizil Hoch va Qizil Yarim Oy jamiyatlari, TAKIS dasturi, Germaniyaning K. Adenuer va A. Gumbolt, A.Q. Shning B. Franklin va G. Soros fondlari va boshqalarni ko'rsatish mumkin.

Xalqaro kreditning tamoyillari. Xalqaro kreditning takror ishlab chiqarish bilan aloqasi uning tamoyillarida aks etadi:

1) qaytarishliligi: agarda olingan mablag'lar qaytarilmayotgan bo'lsa, unda ushbu holat kapitalni qaytarmaslik sharti bilan berilishiga, ya'ni moliyalashtirishga aloqadordir;

2) muddatlilik: kredit kelishuvida belgilangan muddatlarda kredit qaytarilishini ta'minlaydi;

3) to'lovlilik: qiymat qonuni harakatini aks ettirgan holda kreditning har bir holatidagi alohida shartlarni amalga oshirish usulidir;

4) moddiy ta'minlanganligi: kredit so'ndirilishining kafolatida o'z aksini topadi;

5) maqsadli yo'nalishi: ssudaning aniq bir ob'ktlarini belgilanishi.

Xalqaro kreditning tamoyillari uning bozor iqtisodiy qonunlari bilan aloqalarini ifodalaydi va bozor sub'ktlari hamda davlatning joriy hamda strategik vazifalariga erishish maqsadida ishlatiladi.

Xalqaro kredit xalqaro iqtisodiy munosabatlar jarayonida valyuta va tovar resurslarini qaytarishlik, muddatlilik hamda foiz to'lash shartlari asosida taqdim etilishi bilan bog'liq ssuda kapitalining harakatidir. Kreditorlar va qarz oluvchilar sifatida xususiy korxona (bank, firma)lar, davlat tashkilotlari, hukumatlar, xalqaro hamda hududiy valyuta- kredit va moliyaviy tashkilotlar maydonga chiqadi.

2-rasm. Xalqaro kreditning tamoyillari Tojiyev R.R. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari. Darslik. - T.: TDIU, 2009 y. 35 b.

Xalqaro kredit kapitalistik ishlab chiqarish usulining dastlabki bosqichlarida vujudga kelgan va kapitalni dastlabki jamg'arishning richaglaridan biri edi. Ishlab chiqarishning milliy chegaralardan tashqariga chiqishi, xo'jalik aloqalari baynalmilallashuvining kuchayishi, kapitalning xalqaro jihatdan ijtimoiylashuvi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi hamda ilmiy-texnik inqilob uning rivojlanishini ob'ktiv asosi bo'ldi.

Xalqaro lizing - bu ijara operatsiyalarining bir ko'rinishi bo'lib, bunda ijaraga beruvchining mulkka egalik huquqi saqlanib qoladi. Ijaraga oluvchi vaqti-vaqti bilan tovardan vaqtincha foydalanganligi uchun haq to'lab turadi. Лizing jihozlarni maxsus kredit muassasasining kompaniyasi tomonidan oldindan sotib olishni anglatadi. Asosan bunday operatsiyalarning ob'ekti sifatida turli xil jihozlar, transport vositalari, EHM va boshqalar hisoblanadi. Ijara kredit olishning o'ziga xos shakli bo'lib, eksportyor tovarining tashqi bozordagi harakatini yengillashtiradi. Oddiy tovar krediti bilan lizing ijara operatsiyalarini o'tkazish shartlarini bir-biriga yaqinlashtiradi. Ijaraga oluvchi o'z mablag'larini markazlashtirishdan xalos bo'ladi. Ijara to'lovlari bo'lak-bo'lak shaklida butun ijara davrida to'lab boriladi. Ammo lizingning maqsadida tovarga egalik huquqini olish emas, balki tovarning iste'mol xususiyatlaridan foydalanish huquqini olishdir. Xalqaro savdo ijara operatsiyalarining hajmining oshishi ko'plab moliya mablag'larini jalb etishni taqazo etadi. Shuning uchun ham ko'pchilik mamlakatlarning yirik tijorat banklari lizing kompaniyalarini moliyalashtirishda faol ishtirok etadilar. Keyinchalik lizing kompaniyalari banklar ixtiyoriga o'tadi. Xalqaro kreditning bahosi - bu bank bilan qarz oluvchi o'rtasidagi shartnoma asosida belgilanadi va bu kreditga oid foizlarni o'z ichiga oladi. Qisqacha qilib aytadigan bo'lsak, kreditning bahosi bu bank tomonidan belgilangan uning foiz stavkasi hisoblanadi.

Xalqaro kreditning bahosi ikkiga bo'linadi:

1. Kelishilgan kredit bahosi;

2. Kredit bahosining yashirin elementlari.

Xalqaro kreditning turli shakllarini kredit munosabatlarining ayrim tomonlarini harakterlovchi bir nechta muhim omillariga ko'ra umumiy asosda quyidagicha tasniflash mumkin:

- manbalarga ko'ra tashqi savdoni kreditlash hamda moliyalashtirishning ichki, xorijiy va aralash turlari farqlanadi. Ular o'zaro yaqindan bog'liqdir hamda eksportyordan importyorgacha bo'lgan tovar harakatining barcha bosqichlariga xizmat ko'rsatadi. Tovar sotuv jarayoniga qanchalik yaqin bo'lsa, odatda xalqaro kreditning shartlari qarz oluvchiga shunchalik yoqimli bo'ladi;

- belgilanishiga ko'ra tashqi iqtisodiy bitimning qaysi biri qarz mablag'lari hisobiga qoplanishiga bog'liq holda quyidagilar farqlanadi:

1) tashqi savdo va xizmatlar bilan bevosita bog'liq tijorat kreditlari;

2) har qanday boshqa maqsadlarga, shu jumladan to'g'ridan-to'g'ri amalga oshiriladigan kapital qo'yilmalarga, investitsion ob'ktlar qurilishiga, qimmatli qog'ozlar sotib olishga, tashqi qarzni so'ndirishga, valyuta intervensiyasiga ishlatiladigan moliyaviy kreditlar; kapital, tovarlar va xizmatlarni chetga olib chiqilishining aralash shakllariga xizmat ko'rsatishga mo'ljallangan "oraliq" kreditlar. Masalan, pudrat ishlari (injiniring)ni amalga oshirish shaklida.

- turlariga ko'ra kreditlar eksportyorlar tomonidan o'z sotib oluvchilariga tovar shaklida va banklar tomonidan pul shaklida taqdim etiladigan valyuta turlariga bo'linadi. Ayrim holatlarda valyuta krediti jihozlar yetkazib berish bo'yicha tijorat bitimi shartlaridan biri bo'lib hisoblanadi va import jihozlar zaminida ob'kt qurilishi yuzasidan mahalliy harajatlarni kreditlash uchun ishlatiladi;

- qarz valyutasiga ko'ra qarzdor mamlakat yoki kreditor-mamlakat valyutasida, uchinchi mamlakat valyutasida hamda SDR valyuta savatiga asoslangan xalqaro hisob valyutasida taqdim etiladigan xalqaro kreditlarga farqlanadi;

- muddatlariga ko'ra xalqaro kreditlar:

1. qisqa muddatli - 1 yilgacha, ayrim holatlarda 18 oygacha (o'ta qisqa muddatli - 3 oygacha, bir sutkalik va bir haftalik);

2. o'rta muddatli - 1 yildan 5 yilgacha;

3. uzoq muddatli - 5 yildan ziyod muddatlarga beriladigan kredit turlariga bo'linadi.

Ba'zi mamlakatlarda 7 yilgacha muddatga berilgan kreditlar o'rta muddatli, 7 yildan ortiq muddatga berilgan kreditlar esa uzoq muddatli bo'lib hisoblanadi. Uzoq muddatli xalqaro kredit odatda asosiy ishlab chiqarish vositalariga investitsiya qilish uchun mo'ljallangan bo'lib, mashinalar va butlovchi jihozlar eksportining 85 foizi hajmiga hamda tashqi iqtisodiy munosabatlarning yangi shakllari (yirik ko'lamdagi loyihalar, ilmiy tekshirish ishlari, yangi texnika joriy etilishi)ga xizmat ko'rsatadi.

- ta'minlanganlik tamoyiliga ko'ra ta'minlangan va blankali kreditlarga farqlanadi.

Kreditning ta'minoti bo'lib odatda tovarlar, tovarga egalik huquqini beruvchi va boshqa tijorat hujjatlari, qimmatli qog'ozlar, veksellar, ko'chmas mulk hamda qimmatliklar xizmat qiladi.

Kredit olish uchun tovar garovi 3 shaklda amalga oshiriladi:

ь qat'iy garov (tovarlarning ma'lum bir massasi bank foydasiga garov qilinadi);

ь muomaladagi tovar garovi (ma'lum bir summadagi, tegishli assortimentdagi tovarning qoldiqi hisobga olinadi);

ь qayta ishlovdagi tovar garovi (mazkur mahsulotlarni bankka garovga bergan holda garovga olingan tovardan mahsulotlar ishlab chiqarish mumkin).

Xalqaro kreditning prinsiplari bozorning iqtisodiy qonunlari bilan uning iqtisodiy aloqasini aks ettiradi hamda bozor subyektlari va davlatning joriy va strategik maqsadlariga erishish uchun qo'llaniladi.

Xalqaro kredit ssuda kapitalini xalqaro iqtisodiy munosabatlar doirasida aylanish xususiyatini aks ettiruvchi quyidagi funksiyalarni bajaradi:

1. Kengaygan ishlab chiqarish ehtiyojlarini qondirish maqsadida ssuda kapitalining mamlakatlar o'rtasida taqsimlanishi. Xalqaro kredit mexanizmi orqali ssuda kapitali foyda olishini ta'minlash maqsadida iqtisodiy agentlar ko'zlagan sohalarga yo'naltiriladi. Shu orqali kredit milliy foydani o'rtacha foydaga aylantirishga va uning massasini oshirishga yordam beradi.

2. Xalqaro hisob-kitoblarda asl pullarni (oltin, kumush) kredit pullar bilan almashishi, shuningdek, naqdsiz to'lovlarning tezlashishi va rivojlanishi, naqd valuta aylanmasini xalqaro kredit operatsiyalari bilan almashishi muomala xarajatlarini iqtisod qiladi. Xalqaro kreditlar asosida xalqaro hisob-kitoblarning kredit vositalari bo'lgan - veksel, chek, shuningdek, bank o'tkazmalari, depozit sertifikatlari va boshqalar vujudga keldi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda ssuda kapitalining muomala vaqti tejalishi hisobiga kapitalning ishlab chiqarish funksiyasi yordamida ishlab chiqarishni kengaytirishga va foydani ko'paytirishga erishish mumkin.

3. Kapitalning to'planishi va markazlashuvining tezlashishi. Chet el kreditlarini jalb qilish hisobiga qo'shimcha qiymatni kapitallashtirish tezlashadi, individual jamg'arish chegaralari kengayadi, bir mamlakat tadbirkorlarining kapitali boshqa mamlakat mablag'lari hisobiga ko'payadi. Kredit ma'lum chegaralarda boshqa mamlakatlarning kapitali, mehnati va mulkiga egalik qilish imkoniyatini beradi.

Imtiyozli xalqaro kreditlarning yirik kompaniyalarga berilishi hamda mayda va o'rta firmalarning jahon ssuda kapitallari bozoriga kirish imkoniyatini qisqarishi kapitalning to'planishiga va markazlashuviga sabab bo'lmoqda.

Xalqaro kredit funksiyalarining mohiyati milliy va jahon xo'jaligining rivojlanishiga qarab o'zgarib boradi. Zamonaviy sharoitlarda xalqaro kredit iqtisodiyotni tartibga solish funksiyasini bajaradi hamda o'zi ham tartibga solish obyekti hisoblanadi.

Xalqaro kreditning turli shakllarini umumiy ko'rinishda, kredit munosabatlarini tavsiflovchi alohida jihatlari bo'yicha tasniflash mumkin.

Xalqaro kreditni manbalari bo'yicha ichki, tashqi va aralash kreditlashga hamda tashqi savdoni moliyalashtirishga ajratish mumkin. Ular bir-biri bilan uzviy bog'langan va tovarning eksportyordan importyorga tomon harakatining barcha bosqichlariga - eksport tovarini ishlab chiqarish, uning yo'ldagi va omborga tushish jarayonlariga (shuningdek, chegaradan tashqarida ham), tovarning ishlab chiqarish jarayonida importyor tomonidan ishlatilishi va iste'mol qilinishiga xizmat qiladi. Tovar sotish jarayoniga qanchalik yaqin bo'lsa, qarzdorga uning shartlari shunchalik darajada ma'qul keladi.

Qarz mablag'lari qanday tashqi iqtisodiy bitimda belgilanishiga qarab quyidagilarga bo'linadi:

– tijorat kreditlari - tashqi savdo va xizmatlar bilan bevosita bog'langan;

– moliyaviy kreditlar - har qanday maqsadlarga ishlatiladigan, shu jumladan to'g'ri kapital qo'yilmalar, investitsion obyektlarni qurish, qimmatli qog'ozlarni sotib olish, tashqi qarzni to'lash, valuta intervensiyasini o'tkazishlar;

– oraliq kreditlar - kapital, tovar va xizmatlarni olib chiqarishning aralash shakllariga xizmat qilish uchun tayinlangan, masalan, pudrat ishlarini bajarish shaklida bo'lishi mumkin.

Ko'rinishi bo'yicha kreditlar: tovar shaklida - asosan eksportyorlar tomonidan xaridorlarga beriladigan va valuta shaklida - banklar tomonidan pul shaklida beriladigan kreditlarga bo'linadi. Valutasi bo'yicha xalqaro kredit qarzdor mamlakatning valutasida yoki kreditor mamlakatning valutasida, shuningdek, valuta savatida hisoblanadigan xalqaro valuta birligida (SDR, yevro va b.) berilishi mumkin.

Xalqaro kredit manbalariga ko'ra tashqi savdoni ichki, tashqi (chet) va aralash kreditlash hamda moliyalashtirish bo'yicha farqlanadi.

Xalqaro kreditni ko'rinishi bo'yicha 2 ta asosiy shaklga bo'lib ko'rsatish mumkin:

1. Xalqaro bank krediti.

2. Xalqaro tijorat krediti.

Xalqaro bank krediti asosan valuta (pul) ko'rinishida bo'ladi. Xalqaro tijorat krediti esa, odatda, tovar ko'rinishiga ega.

Ana shu 2 ta asosiy kredit shaklidan kelib chiqadigan bir qancha kreditlar mavjud:

1. Firma (tijorat) krediti - odatda, eksportyor mamlakatning bir firmasi boshqa mamlakatning importyoriga to'lovni kechiktirish shaklidagi ssuda berishi tushuniladi. Tashqi savdoda tijorat krediti tovarli operatsiyalarga bog'liq hisob- kitoblarda keng qo'llaniladi. Tijorat kreditining muddati (odatda, 2-7 yil) turlicha bo'ladi.

2. Vekselli kreditda eksportyor tovarni sotish haqida bitim tuzib, o'tkazma veksel (tratta)ni importyorga jo'natadi, importyor tijorat hujjatlarini olib akseptlaydi, ya'ni unda ko'rsatilgan muddatda to'lovni amalga oshirishga rozilik beradi.

3. Ochiq hisobvaraqlar bo'yicha beriladigan kredit. Bu kredit eksportyor va importyor o'rtasidagi kelishuvga asoslanadi. Eksportyor jo'natilgan har bir tovarlar qiymatini importyorning hisobiga qarz sifatida qayd qilib boradi. Importyor shartnomada ko'rsatilgan vaqtda kredit summasini to'lab boradi. Ochiq hisobvaraqlar bo'yicha beriladigan kreditlar faqatgina doimiy aloqada bo'lgan firmalar o'rtasidagina amalga oshirilishi mumkin.

Tijorat kreditining yana bir turiga importyorning avans to'lovi (sotib oluvchining avansi) ni kiritish mumkin. Bunda shartnoma tuzilayotgan paytda mol sotib oluvchi, ya'ni importyor tomonidan chet ellik mol yetkazib beruvchiga, odatda, mashina, asbob-uskunalar (texnologiya) ning qiymatidan 10-15 foizi oldindan to'lab beriladi.

Xaridor avansi eksportni kreditlashning bir shakli hisoblanadi va shu vaqtning o'zida importyorning majburiyatini ta'minlovchi vositadir. Chunki importyor o'zi buyurtma bergan tovarni sotib olishga majbur bo'ladi. Rivojlangan mamlakatlarning import bilan shug'ullanuvchi firmalari rivojlanayotgan mamlakatlardan farqli ravishda, xaridor avansidan shu davlatlarning qishloq xo'jalik mahsulotlarini olib chiqib ketishda foydalanmoqdalar.

3. O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xalqaro valyuta-kredit munosabatlarining o'rni

Bugun O'zbekistondagi ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida o'tkazilayotgan tub o'zgarishlar o'z taraqqiyotining yangi bosqichiga ko'tariladi. O'zbekiston iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlarini jahon andozalari darajasidagi yangi texnika bilan ta'minlash uchun investitsiya mablag'lari ajratayotgan moliya institutlari oldiga katta vazifalar qo'yilmoqda. Bu vazifani moliyalashning nafaqat an'anaiviy usuli bank krediti va boshqa kreditlarga, balkim xorijiy valyuta-kredit munosabatlariga tayangan holda amalga oshirilib kelinmoqda.

O'zbekistonda olib borilayotgan har tomonlama asoslangan xalqaro valyuta- kredit munosabatlari mamlakatdagi iqtisodiy, ijtimoiy va investsiya muhitiga ijobiy ta'sir etishi bilan birga investitsiyalar kiritish ob'ektlarini jozibadorligini ham oshirmoqda. Bular, o'z navbatida, ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishga barcha moliyalashtirish manbalaridan keladigan invetitsiyalar hajmini o'sib borishini ta'minlamoqda.

Xususan, 2019 yilda amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlar natijasida asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi keskin oshib, 2018 yilga nisbatan 133,9 % ni tashkil etdi.

2019 yil yanvar-dekabr oylarida 189,9 trln. so'm asosiy kapitalga investitsiyalar o'zlashtirilib, ularning 70,7 % yoki 134,3 trln. so'm jalb etilgan mablag'lar hisobidan moliyalashtirilgan bo'lsa, korxona, tashkilot va aholining o'z mablag'lari hisobidan 29,3 % yoki 55,6 trln. so'm moliyalashtirildi (3-rasm). Investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari bo'yicha, 2019 yilning yanvar- dekabr oylarida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi o'tgan yilning mos davridagi ulushiga nibatan 3,1 % punktga kamayib, 26,6 % ni yoki 50686,8 mlrd. so'mni tashkil etdi.

3-rasm. 2019 yilda O'zbekistonda Respublikasida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi O'zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo'mitasi Press-relizlari, Toshkent, 2019 yil, 1 bet

Mos ravishda markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 3,1 % punktga ko'payib, 73,4 % ni yoki 139237,5 mlrd. so'mni tashkil etdi.

Korxona va tashkilotlarning o'z mablag'lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar ulushi salmoqli bo'ldi - 39292,3 mlrd. so'm yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 20,7 %. Aholi mablag'lari hisobidan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 8,6 % yoki 16302,5 mlrd. so'm o'zlashtirildi.

2019-yil yanvar-dekabr oylarida o'zlashtirilgan to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar hajmi jadal o'sib, 37171,3 mlrd. so'mni tashkil etdi va 2018- yilning mos davridagi jami asosiy kapitaldagi ulushiga nisbatan 12,2 % punktiga ko'payib, 19,6 % ni tashkil etdi (4-rasm).

4-rasm. Asosiy kapitalga investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari bo'yicha tarkibi, mlrd. so'm O'zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo'mitasi Press-relizlari, Toshkent, 2019 yil, 4 bet.

Shuningdek, tijorat banklar kreditlari va boshqa qarz mablag'lari hisobidan 24856,0 mlrd. so'm (jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 13,1 % ini tashkil etib, 2018 yilga nisbatan 4,7 % punktga kamaydi), O'zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar 27866,4 mlrd. so'm (14,7 % va 0,9 % punktiga ko'paydi), kafolatlanmagan va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlar 21615,4 mlrd. so'm (11,4 % va 8,3 % punktga ko'paydi), Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi 6511,9 (3,4 % va 3,0 % punktga kamaydi), Respublika byudjeti 14518,0 mlrd. so'm (7,6 % va 1,1 % puktiga kamaydi), Suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg'armasi 1759,2 mlrd. so'm (0,9 % va 0,3 % punktga ko'paydi) va Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg'armasi hisobidan esa 31,3 mlrd. so'm asosiy kapitalga investitsiyalar o'zlashtirildi. Asosiy kapitalga investitsiyalar o'sish sur'atlarini moliyalastirish manbalari bo'yicha eng yuqori ko'rsatkich kafolatlanmagan hamda boshqa xorijiy investitsiya va kreditlarda kuzatilib, 2018 yilga nisbatan 4,1 marta o'sdi. Shuningdek, to'g'ridan- to'g'ri xorijiy investitsiyalar hisobidan moliyalashtirilgan ivestitsiyalarda ham yuqori o'sish sur'atlari - 3,6 martaga o'sish kuzatilib, bu mahsulot taqsimoti kelishuvi shartlari asosida gaz-kimyo majmuasi qurilishi bilan “Mustaqillikning 25 yilligi” konlarida qidiruv ishlarini yakunlash va ishlar olib borish, O'zbekiston Respublikasi investitsiya bloklarida (Kultak-Qamashi, Muborak, Surxon, Ashibuloq va Koskud, g'arbiy Farg'ona investitsiya bloklari) neft-gaz konlariga ishlov berish va geologik qidiruv ishlarini amalga oshirish, hududlarda sement ishlab chiqarishini tashkil etish, to'qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish kabi yirik investitsiya loyihalarining jadal o'zlashtirilgani bilan bog'liq.

Kafolatlanmagan xorijiy kreditlar hisobidan 2017-2021 yillarda uglevodorodlarni qazib chiqarishni ko'paytirish bo'yicha Dastur doirasidagi investitsiya loyihalar, basalt toshidan mineral plitalar ishlab chiqarish majmuasini tashkil etish kabi yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

Hududlar kesimida moliyalashtirish manbalari bo'yicha asosiy kapitalga investitsiyalar Toshkent shahriga yo'naltirilgan (o'sish sur'ati 142,5%). Shuningdek investitsiyalarning asosiy hajmi Qashqadaryo va Navoiy viloyatlariga yo'nlatirilgan (2-jadval).

Hududlar kesimida asosiy kapitalga investitsiyalar o'zlashtirilishi bo'yicha 2018 yilga nisbatan eng yuqori o'sish sur'ati 95,2 % ga o'sib Jizzax viloyatida kuzatildi. Bu asosan sement zavodi qurilishi bilan bog'liq.

Shuningdek, Sirdaryo viloyatida ham yuqori o'sish surati kuzatilib, 2018 yilga nisbatan 194,3 % ni tashkil qildi. Bunday natijani Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasida bosqichma- bosqich energobloklarni modernizatsiya qilish bilan izohlash mumkin.

Xorazm viloyatida asosiy kapitalga investitsiyalar hajmining 2018 yildagi hajmiga nisbatan 167,1 % ni tashkil etishi Toshsokin tizimidagi sug'orish magistral kanallarini qayta tiklash loyihasi bo'yicha amalga oshirilgan ishlar bilan bog'liq.

2-jadval Hududlar kesimida moliyalashtirish manbalari bo'yicha asosiy kapitalga investitsiyalar O'zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo'mitasi Press-relizlari, Toshkent, 2019 yil, 6 bet.

Jami asosiy kapitalga investitsiy alar, mlrd. so'm

shu jumladan, moliyalashtirish manbalari bo'yicha (jamiga nisbatan % da):

Respublik a byudjeti

Korxona va tashkilotlar ning o'z mablag'lari

Aholining o'z mablag'la ri

Xorijiy investitsiy a va kreditlar

Suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg'armasi

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg'armasi

Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi

Bank kreditlari va boshqa tashkilotlarning qarz mablag'lari

O'zbekiston Respublikasi

189924,3

7,6

20,7

8,6

45,7

0,9

0,02

3,4

13,1

Qoraqalpog'iston Respublikasi

8434,6

13,9

28,0

10,0

38,1

0,7

3,6

5,7

viloyatlar:

Andijon

8183,7

8,4

22,2

16,9

35,2

1,1

0,1

16,1

Buxoro

9867,0

7,6

12,5

12,9

52,9

1,0

-

0,4

12,7

Jizzax

7919,3

11,0

17,9

6,6

47,0

1,5

-

0,8

15,2

Qashqadaryo

23525,3

3,5

15,8

5,7

71,0

0,7

-

0,0

3,3

Navoiy

17775,3

2,4

9,0

6,4

38,9

0,4

0,03

17,1

25,8

Namangan

12187,0

4,7

24,8

11,2

43,6

0,7

-

3,3

11,7

Samarqand

9798,6

12,0

19,5

15,8

28,6

1,6

-

0,2

22,3

Surxondaryo

12232,4

5,4

10,9

8,2

61,8

1,1

-

-

12,6

Sirdaryo

6129,2

9,8

18,2

3,7

46,5

1,4

-

0,4

20,0

Toshkent

16935,1

13,3

24,5

9,5

33,0

2,7

-

6,5

10,5

Farg'ona

9164,2

7,2

22,4

14,1

38,6

0,8

-

0,3

16,6

Xorazm

5566,8

8,7

13,4

18,2

42,2

1,4

0,5

3,6

12,0

Toshkent sh.

41497,9

6,7

30,6

4,2

43,3

0,2

3,2

11,8

Jami asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalarning hajmidagi ulushi bo'yicha hududlar kesimida Toshkent shahri hamon yetakchilik qilmoqda. Ushbu hududda jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 21,8 % o'zlashtirildi. Mos ravishda Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida ushbu ko'rsatkich 12,4 va 9,4 % ni tashkil etdi.

Asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalarning yuqori o'sish sur'atlariga qaramay Sirdaryo hamda Xorazm viloyatlarida o'zlashtirilgan investitsiyalarning jami Respublikada o'zlashtirilgan investitisyalar hajmidagi eng kam ulushlar qayd etildi - 3,2 va 2,9 %.

O'zbekiston Respublikasi bo'yicha asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida mashina, uskuna va inventarlarga investitsiyalar 93367,7 mlrd. so'm o'zlashtirilgan bo'lib, jami investitsiyalarning 49,2 % ni tashkil etdi, qurilish montaj ishlari bo'yicha 82339,0 mlrd. so'm (jami investitsiyalardagi ulushi 43,3 %) va boshqa xarajatlarga 14217,6 mlrd. so'm (7,5 %) o'zlashtirildi.

Hududlar kesimida jami asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida qurilish- montaj ishlarining ulushi bo'yicha eng yuqori ko'rsatkich Surxondaryo viloyatida kuzatildi - 61,8 % yoki 7562,7 mlrd. so'm.

Qurilish-montaj ishlarining ulushi bo'yicha eng quyi daraja Jizzax viloyatida kuzatilib, 32,2 % ni yoki 2546,7 mlrd. so'mni tashkil etdi va mos ravishda, ushbu hududda mashina, uskunalar va inventarlarga xarajatlar bo'yicha eng yuqori ko'rsatkich - 65,5 % yoki 5189,6 mlrd. so'm kuzatildi.

5 rasm. Xorijiy investitsiya va kreditlar o'zlashtirilishi (mlrd. AQSh doll) O'zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo'mitasi Press-relizlari, Toshkent, 2019 yil, 16 bet

2019 yilda ham asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning katta qismi yangi qurilishga yo'naltirildi. Yangi qurilishga yo'naltirilgan investitsiyalar hajmi 101800,2 mlrd. so'mni tashkil etib, jami o'zlashtirilgan investitsiyalarning 53,6 % ini tashkil etdi. Iqtisodiyotda mavjud obyektlarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiyalash va texnik qayta qurollantirishga yo'naltirilgan investitsiyalar 54531,7 mlrd. so'mni tashkil etdi va respublikada jami o'zlashtirilgan investitsiyalarning 28,7 %ini tashkil etdi. Qolgan 17,7 %, ya'ni 33592,4 mlrd. so'm boshqa xarajatlarga yo'naltirildi. Yangi qurilishga yo'naltirilgan investitsiyalarning jami investitsiyalardagi ulushi bo'yicha eng yuqori ko'rsatkich mahsulot taqsimoti kelishuvi shartlari asosida gaz-kimyo majmuasi qurilishi bilan “Mustaqillikning 25 yilligi” konlarida qidiruv ishlarini yakunlash va ishlar olib borish loyihasi natijasida Surxondaryo viloyatida kuzatilib, u 68,9 % ni tashkil etdi. Bu ko'rsatkichning eng past darajasi Jizzax viloyatida kuzatildi va u 26,4 % ni tashkil etdi.

Asosiy kapitalga investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha tarkibida qayta ishlash sanoati yetakchilik qilmoqda. Ushbu tarmoqda jami moliyalashtirish manbalari hisobidan 51433,3 mlrd. so'm yoki jami asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning 27,1 % o'zlashtirilgan. Uning tarkibida eng ko'p investitsiyalar o'zlashtirilgan 3 ta faoliyat turlari quyidagilar:

- to'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish 10719,0 mlrd. so'm (jami asosiy kapitalga investitsiyalardagi ulushi 5,6 %);

- boshqa nometal mineral mahsulotlari ishlab chiqarish 8991,7 mlrd. so'm (4,7

%);

- metallurgiya sanoati 8956,9 mlrd. so'm (4,7 %).

2019 yil yanvar-dekabrda jami 12,1 mlrd. AQSh doll. xorijiy investitsiya va kreditlar o'zlashtirilgan bo'lib, ulardan 81,0 %i yoki 9,8 mlrd. AQSh doll asosiy kapitalga o'zlashtirildi (5-rasm).

Jami o'zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlarning 42,4 % yoki 5,1 mlrd. AQSh dollarini to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar tashkil qildi, shu jumladan, 4,2 mlrd. AQSh dollari asosiy kapitalga to'g'ridan- to'g'ri xorijiy investitsiyalarni tashkil etdi.

3 jadval Hududlar kesimida moliyalashtirish manbalari bo'yicha asosiy kapitalga investitsiyalar (mlrd. so'm) O'zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo'mitasi Press-relizlari, Toshkent, 2019 yil, 17 bet

Hududlar

Jami

Shu jumladan:

To'g'ridan- to'g'ri xorijiy investitsiya lar

O'z.R. kafolati ostida xorijiy kreditlar

Boshqalar

O'zbekiston Respublikasi

86653,1

37171,3

27866,4

21615,4

Qoraqalpog'iston Respublikasi

3212,3

829,5

1254,6

1128,2

viloyatlar:

Andijon

2881,4

1441,7

276,1

1163,6

Buxoro

5226,1

2331,6

841,3

2053,2

Jizzax

3716,3

1383,4

369,2

1963,7

Qashqadaryo

16711,5

5653,4

9603,1

1455,0

Navoiy

6902,3

615,0

5877,5

409,8

Namangan

5313,6

981,0

2785,0

1547,6

Samarqand

2799,8

1215,8

691,6

892,4

Surxondaryo

7557,6

6165,4

601,1

791,1

Sirdaryo

2853,0

2117,0

641,8

94,2

Toshkent

5595,2

4147,4

412,7

1035,1

Farg'ona

3538,2

2415,9

141,2

981,1

Xorazm

2350,1

1142,8

468,1

739,2

Toshkent sh.

17995,7

6731,4

3903,1

7361,2

2019 yil yanvar-dekabrda 86653,1 mlrd. so'm yoki asosiy kapitalga investitsiyalarning 45,7 %i xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan o'zlashtirildi.

Jami xorijiy investitsiya va kreditlar tarkibida xorijiy investitsiyalar 42799,1 mlrd. so'mni tashkil etdi va qolgan 43854,0 mlrd. so'm xorijiy kreditlar hisobiga to'g'ri keldi.

To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar hisobidan joriy davrda 37171,3 mlrd. so'm o'zlashtirilgan bo'lsa, O'zbekiston Respublikasi kafolati ostida xorijiy kreditlar 27866,4 mlrd. so'm, 21615,4 mlrd. so'm boshqa xorijiy investitsiya va kafolatlanmagan xorijiy kreditlar hisobidan o'zlashtirildi (3-jadval).

Asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlarning o'tgan yilning mos davriga nisbatan o'sish sur'ati 2,5 martani tashkil etdi.

4 jadval. 2017-2019-yillarda YaIMning iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha o'sish sur'atlari (o'tgan yilga nisbatan % da) O'zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo'mitasi Press-relizlari, Toshkent, 2019 yil, 5 bet

2017-yil

2018-yil

2019-yil

1. YalM, jami

104,5

105,4

105,6

shu jumladan

Tarmoqlarning yalpi qo'shilgan qiymati

104,3

105,4

105,6

Mahsulotlarga sof soliqlar

105,7

105,9

105,6

II. Tarmoqlarning yalpi qo'shilgan qiymati

104,3

105,4

105,6

Qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi

101,2

100,3

102,5

Sanoat (qurilishni qo'shgan holda)

105,4

111,5

108,9

sanoat

105,2

110,8

106,6

qurilish

106,0

114,3

119,0

Xizmatlar

106,4

105,5

105,1

savdo, yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar

102,1

105,4

105,0

tashish va saqlash, axborot va aloqa

111,3

106,9

105,6

boshqa xizmat tarmoqlari

105,9

104,8

105,0

Qayta ishlash sanoati bo'yicha jami xorijiy investitsiya va kreditlarning 33,3 % yoki 28854,4 mlrd. so'm xorijiy investitsiya va kreditlar o'zlashtirilgan bo'lib, uning tarkibida yuqori ko'rsatkichlarni to'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish - 9,0 % yoki 7796,3 mlrd. so'm, boshqa nometal mineral mahsulotlari ishlab chiqarish - 7,6 % yoki 6617,6 mlrd. so'm, kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish - 5,3 % yoki 4591,7 mlrd. so'm o'zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlar tashkil qildi.

Elektr, gaz bilan ta'minlash faoliyat turida ham katta hajmda xorijiy investitsiya va kreditlar o'zlashtirilib, jami 16734,1 mlrd. so'm yoki jami xorijiy investitsiya va kreditlarning 19,3 %i o'zlashtirildi.

Tog'-kon sanoatida esa 15124,8 mlrd. so'mni yoki jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida 17,5 % ni tashkil etdi.

...

Подобные документы

    Подобные документы не найдены.

Работы в архивах красиво оформлены согласно требованиям ВУЗов и содержат рисунки, диаграммы, формулы и т.д.
PPT, PPTX и PDF-файлы представлены только в архивах.
Рекомендуем скачать работу.