Xalqaro valyuta munosabatlari va O’zbekistonning xalqaro valyuta munosabatlaridagi o’rni hisoblanadi
Xalqaro valyuta operatsiyalari tushunchasi, ularning shakllari va ishtirokchilari. Yevropa valyuta tizimining evolyutsiyasi. Xalqaro kreditning tamoyillari, shakllari va turlari. O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda kredit munosabatlarining roli.
Рубрика | Международные отношения и мировая экономика |
Вид | курсовая работа |
Язык | узбекский |
Дата добавления | 07.12.2022 |
Размер файла | 1,0 M |
Отправить свою хорошую работу в базу знаний просто. Используйте форму, расположенную ниже
Студенты, аспиранты, молодые ученые, использующие базу знаний в своей учебе и работе, будут вам очень благодарны.
Amalga oshirilgan ishlar asosida o'tkazilayotgan islohotlar o'z natijasini bermoqda. Xususan, 2019-yilda yalpi ichki mahsulot 5,6 foizga, sanoat ishlab chiqarish hajmi 6,6 foizga, qurilish-pudrat ishlari 19,0 foizga, chakana savdo aylanmasi 5,0 foizga, xizmatlar 5,1 foizga, qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 2,5 foizga, boshqa xizmatlar 5,0 foizga oshdi (4-jadval).
Umumiy tashqi qarz rezidentlarning norezidentlar oldidagi asosiy qarz va foizlarni to'lash talab qilinadigan majburiyatlarini aks ettiradi. Umumiy tashqi qarz davlat va xususiy sektor qarzlaridan iborat. Umumiy tashqi qarzdagi o'zgarishlar tahlili shuni ko'rsatdiki, 2013-2017 yillar davomida har ikkala sektorda ham qarzdorlikning o'sishi kuzatilgan.
Biroq, 2018 yilda xususiy sektor tashqi qarzi kamayishi kuzatildi, bu esa o'z navbatida neft-gaz va energetika sektori korxonalari tomonidan jalb qilingan qarzdorlik muddatining tugashi bilan izohlanadi. 2019 yilning yanvar-sentyabr oylarida xususiy sektor tashqi qarzi asosan tijorat banklari tomonidan qarz olishning ko'payishi hisobiga yana o'sishni boshladi.
2019 yilning 9 oyi davomida davlat tashqi qarzi sezilarli darajada oshdi va o'sish tendensiyasi 2019 yil oxirigacha saqlanib qolishi kutilyapti. Ushbu jarayon hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bo'yicha davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun yangi qarzdorliklarni jalb qilinishi bilan izohlanishi mumkin (6-rasm).
6 rasm. O'zbekiston Respublikasi umumiy tashqi qarzining dinamik qatorlari Markaziy bankning 2019 yilning III choraklik uchun to'lov balansi va xalqaro investitsion pozitsiyasi, shuningdek, tashqi qarz bo'yicha ma'lumotlari, Toshkent, 2019 yil, 33 bet.
O'zbekiston Respublikasi tashqi qarzining umumiy hajmi 2019 yil boshidan 4,2 mlrd. dollarga yoki 24%ga oshgan holda, 2019 yil 1 oktyabr holatiga 21,5 mlrd. dollarni tashkil qildi (5-jadval).
2019 yilning yanvar-sentyabr oylarida qarzdorlikning o'sishi asosan davlat sektoriga to'g'ri keldi (3,7 mlrd. dollar), shundan 1 mlrd. dollari xalqaro obligatsiyalar hisobiga shakllangan.
Banklar va iqtisodiyotning boshqa sektor korxonalari tomonidan qarz olish hajmining oshishi natijasida xususiy sektor qarzdorligi 494,4 mln. dollarga oshdi.
Qayd etish lozimki, 2019 yilning 9 oyi davomida xususiy sektor tomonidan umumiy miqdorda 1,6 mlrd. dollar qarzdorlik jalb qilindi. Qarzlarni jalb qilish asosan banklar - 1,0 mlrd. dollar, neft-gaz va energetika tashkilotlari - 207,4 mln. dollar, to'qimachilik sektori korxonalari - 81,6 mln. dollar va iqtisodiyotning boshqa sektorlari - 291,8 mln. dollar tomonidan amalga oshirildi.
5 Jadval. Umumiy tashqi qarz tarkibi va undagi o'zgarishlar (mln. Dollar) Markaziy bankning 2019 yilning III choraklik uchun to'lov balansi va xalqaro investitsion pozitsiyasi, shuningdek, tashqi qarz bo'yicha ma'lumotlari, Toshkent, 2019 yil, 34 bet.
Iqtisodiyot sektori |
Quyidagi sanalar holatiga ko'ra qarzdorlik |
Salmog'i |
2019 yil 9 oyi davomidagi o'zgarish |
|||
01.01.2018 y. |
01.01.2019 y. |
01.10.2019 y. |
||||
Jami |
15 785,9 |
17 295,0 |
21 457,5 |
100% |
4 162,5 |
|
Davlat tashqi qarzi shundan: |
7 600,0 |
10 086,4 |
13 754,6 |
64% |
3 668,1 |
|
O'zbekiston Respublikasi xalqaro obligatsiyalari |
- |
- |
1 078,8 |
5% |
1 078,8 |
|
Xususiy tashqi qarz shundan: |
8 185,9 |
7 208,6 |
7 702,9 |
36% |
494,4 |
|
bosh kompaniyalaridan |
1 304,9 |
687,8 |
763,4 |
4% |
75,7 |
|
Sektorlarning xususiy tashqi qarzdagi ulushlari |
||||||
Neft-gaz va energetika sektori |
6 149,7 |
5 386,5 |
4 942,8 |
64% |
-443,7 |
|
Bank sektori |
584,0 |
978,2 |
1 790,0 |
23% |
811,7 |
|
Telekommunikatsiya sektori |
965,6 |
248,2 |
237,4 |
3% |
-10,9 |
|
To'qimachilik sektori |
126,0 |
132,2 |
151,6 |
2% |
19,4 |
|
Boshqa sektorlar |
360,6 |
463,4 |
581,2 |
8% |
117,8 |
Qayd qilish kerakki, davlat tashqi qarzining manbalari diversifikatsiyasi ta'minlangan bo'lib, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari hissasiga davlat tashqi qarzining 45,7 foizi to'g'ri keladi.
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekiston Respublikasining asosiy kreditor mamlakatlari Xitoy Xalq Respublikasi, Yaponiya, Janubiy Koreya, Rossiya, AQSh, Fransiya, Germaniya, Ispaniya, Polsha, Saudiya Arabistoni, va boshqa mamlakatlarning xorijiy hukumat moliya tashkilotlari hissasiga to'g'ri kelib, asosan turli investitsion dasturlarni Hukumat kafolatlari ostida moliyalashtirilishi uchun qarz mablag'lari jalb etilgan (6-jadval).
Xususan, O'zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasi oldidagi qarz majburiyatlari davlat tashqi qarzining 20,6 foizini tashkil etadi. Mazkur qarz mablag'lari mamlakatimizdagi davlat korxonalari tomonidan yuqori rentabelli va eksportga yo'naltirilgan investitsion loyihalarni moliyalashtirish uchun O'zbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostida Xitoy Davlat Taraqqiyot Banki va Xitoy Eksport- Import Bankidan jalb etilgan bo'lib, Hukumatning to'g'ridan-to'g'ri majburiyati hisoblanmaydi.
Xitoy Xalq Respublikasi oldidagi qarzdorlik bo'yicha xarajatlar davlat korxonalari tomonidan investitsion loyihalarni moliyalashtirish natijasida tushgan mablag'lar hisobidan so'ndiriladi.
7 Jadval. Xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan davlat tashqi qarzi qoldig'i (01.10.2019 yil holatiga) Moliya vazirligining 2019 yilning III choraklik uchun O'zbekiston Respublikasining Davlat qarzi holati va dinamikasi sharhi, Toshkent, 2019 yil, 24 bet.
Kreditor mamlakatlar |
mln. dollar. |
Davlat tashqi qarzidagi ulushi |
|
Jami |
6 218,9 |
45,7% |
|
Xitoy Xalq Respublikasi |
2 803,7 |
20,6% |
|
Yaponiya |
1 838,0 |
13,6% |
|
Janubiy Koreya |
560,4 |
4,1% |
|
Fransiya |
345,8 |
2,5% |
|
Germaniya |
286,5 |
2,1% |
|
Rossiya |
150,6 |
1,1% |
|
Saudiya Arabistoni |
122,1 |
0,9% |
|
Boshqalar |
111,8 |
0,8% |
Shuni ta'kidlash joizki, O'zbekiston Respublikasi Hukumati xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan qarz mablag'larini jalb qilishda konservativ yondashuvga va xatarlarni boshqarish tamoyillariga amal qiladi.
O'zbekiston Respublikasining xalqaro moliyaviy institutlaridan jalb qilgan tashqi qarz portfeli hajmi 6,4 mlrd. AQSh dollarini tashkil etib, mazkur kreditlar uzoq muddat (30 yilgacha) hamda imtiyozli foiz stavkalarida taqdim etilgan.
Xususan, davlat tashqi qarzining asosiy qismi Osiyo taraqqiyot banki (3,5 mlrd. dollar), Jahon banki (2,1 mlrd. dollar) va Islom taraqqiyot banki (0,7 mlrd. dollar) hissasiga to'g'ri keladi (7-rasm).
7 rasm. Davlat tashqi qarzining xalqaro moliya institutlar kesimida taqsimlanishi (01.10.2019 yil holatiga, mln. AQSh dollarida) Moliya vazirligining 2019 yilning III choraklik uchun O'zbekiston Respublikasining Davlat qarzi holati va dinamikasi sharhi, Toshkent, 2019 yil, 25 bet.
Shunday qilib, milliy iqtisodiyotga kiritilayotgan ichki va tashqi investitsiyalar, makroiqtisodiy o'sish, aholi bandligi va ular daromadlarini oshirishga, yangi ish o'rinlarini yaratishga, ishlab chiqarish hajmini ko'paytirishga xizmat qilmoqda. Shu bilan bir vaqtda mamlakatimizda yaratilgan qulay investitsion muhit, investitsiyalar oqimi barqarorligini ta'minlamoqda. Shularni inobatga olganda, iqtisodiyotni modernizatsiyalash va uni raqobatbardoshligini oshirishga investitsiyalar, shu jumladan to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar jalb etishni kengaytirish uchun investitsiya siyosatining uzviy qismi sifatida yanada jozibador investitsiya muhitini yaratish lozim. Ushbu masalalar dissertatsiyaning keyingi bobida ko'rib chiqilgan.
4. O'zbekistonning xalqaro valyuta kredit mulosabatlarida rolini oshirish yo'nalishlari
Ma'lumki, mamlakatimiz iqtisodiyotida tarkibiy o'zgartirishlarni amalga oshirish va uning uchun investitsiyalar jalb etish, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni, ayniqsa, to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalarni jalb etishga hamda valqaro valyuta-kredit munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan islohotlarning dastlabki bosqichlaridan boshlab katta e'tibor qaratib kelinmoqda va buning uchun islohotlarning strategik maqsad va vazifalaridan kelib chiqib hamda O'zbekiston iqtisodiyotining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olib yuqorida tavsiflangan davlat siyosati asoslangan.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o'zgartirishdagi davlat siyosati - respublikamizning iqtisodiy va siyosiy mustaqilligini ta'minlay oladigan va xalqimizni farovon yashashi uchun munosib shart-sharoitlar yaratib berishga qodir bo'lgan batamom yangi xo'jalik majmuasini yaratishga qaratilgan. Ana shu siyosatni amalga oshirish uchun iqtisodiyotni tarkibiy o'zgartirishlarning asosiy yo'nalishlari ishlab chiqilgan Голышев В.А., Закирова С.А. Национальная экономика Республики Узбекистан в переходный период: Учебное пособие. - Т.: УМЭД, 2007. - 142 с..
O'zbekistonning jahon iqtisodiyotiga qo'shilishining shart-sharoitlari va tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlari Respublika davlat mustaqilligini qo'lga kiritishi bilan vujudga kela boshladi. Bunday vaziyatda tashqi iqtisodiy majmuani boshqarishning o'ziga xos tizimini shakllantirish, tashqi aloqalarni yo'lga qo'yish borasida qoida va tamoyillarni ishlab chiqish, respublikaning jahon iqtisodiy tizimiga qo'shilish yo'llarini belgilash taqozo etiladi. Respublika tashqi siyosatini amalga oshirishning asosiy tamoyillari teng huquqlilik va o'zaro manfaatdorlik negizida qurilsa, uning qoidalari ikki tomonlama va ko'p tomonlama shartnoma munosabatlarida o'zaro manfaatli aloqalar o'rnatish, xalqaro iqtisodiy ittifoqlar doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga asoslanadi.
O'zbekistonning xalqaro mehnat taqsimoti va jahon xo'jalik aloqalarida ishtirok etishning asosi ochiq turdagi iqtisodiyotni vujudga keltirishdir. Shu sababli respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin qisqa davr ichida 80 dan ortiq davlat bilan diplomatiya munosabatlarini o'rnatdi, dunyoning 20 dan ortiq davlatida diplomatiya elchixonalarini ochdi, ko'pgina xalqaro tashkilotlar - BMТ iqtisodiy muassasalari, Jahon banki, Хalqaro bank, Хalqaro valyuta fondi, Хalqaro moliya korporatsiyasi, Iqtisodiy taraqqiyotga ko'maklashuvchi tashkilot kabi boshqa xalqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarga a'zo bo'lib kirdi.
O'zbekistonning jahon xo'jaligiga integratsiyalashuvi jarayonlarining o'ziga xos xususiyatlari to'g'risida to'xtalib, birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov shunday degan edi: “Integratsiya haqida gapirar ekanmiz, manfaatlar birikuvining xilma-xil mexanizmlari va shakllari hamda integratsiya turlari mavjudligiga asoslanamiz. Bunga sherikchilik va hamkorlik qilishga intilayotgan mamlakatlarning boshlang'ich shart-sharoitlari turlichaligi sababdir. O'zbekiston bir vaqtning o'zida turli darajalarda - dunyo miqyosida va mintaqa ko'lamida - integratsiya jarayonlarida qatnashsa-da, ammo bir muhim qoidaga: bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslikka amal qiladi. Shu sababli O'zbekistonning jahon hamjamiyatidagi integratsiyalashuvi serqirra jarayondir” Karimov I.A. O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.
- T.: O'zbekiston, 1997, 299-bet..
Bugungi kunda O'zbekistonning jahon xo'jaligiga integratsiyalashuvi ko'p darajali tizim sifatida amal qilib, uni quyidagi beshta darajaga ajratish mumkin:
ь global;
ь transkontinental;
ь mintaqalararo;
ь mintaqaviy;
ь mahalliy.
O'zbekistonning global darajada amalga oshiriluvchi strategik integratsion vazifasi - bu mamlakatdagi barcha xo'jalik sub'ektlarining tashqi bozor bilan o'zaro aloqasini ta'minlash uchun teng huquqli va milliy manfaatlarga mos keluvchi shart- sharoitlarni yaratish asosida uning xalqaro valyuta-moliya va savdo mexanizmlariga bevosita qo'shilishidir. O'zbekistonning BMТ, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (OBSE), Yevropa hamjamiyati, NAТO, Jahon banki, Хalqaro valyuta fondi, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO) kabi tashkilotlar faoliyatidagi faol ishtiroki uning jahon xo'jaligiga yanada kengroq integratsiyalashuvini ta'minlaydi. Bu tashkilot 1992 yilda tashkil etilgan bo'lib, o'z ichiga Osiyo qit'asining 10 ta davlati (Тurkiya, Eron, Pokiston, Afg'oniston, O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Тojikiston, Тurkmaniston va Ozarbayjon) ni oladi. Uning asosiy maqsadi - xo'jalikning transport, kommunikatsiyalar, sanoat, qishloq xo'jaligi, savdo, turizm, ishchi kuchi resurslarini rivojlantirish kabi sohalarida mintaqaviy va xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yo'lga qo'yishdan iborat.
O'zbekistonning mintaqalararo darajada yangi mustaqil davlatlar - MDH mamlakatlari bilan integratsiyaga kirishadi. O'zbekiston birinchilar qatorida MDHni tashkil etish g'oyasini qo'llab-quvvatladi, uning tashkilotchilari tarkibiga kirdi, integratsion va kooperatsion aloqalarini mustahkamlash hamda uning Хalqaro iqtisodiy qo'mita (MEK), Davlatlararo bank (MGB), MDH Statistika qo'mitasi kabi institutsional tuzilmalarini shakllantirishda faol ishtirok etmoqda.
O'zbekistonning mintaqaviy darajadagi integratsiyasi - bu umumiy tarixga, yagona madaniy an'analarga, o'xshash turmush tarzi va mentalitetga ega bo'lgan qardosh xalqlarni birlashtiruvchi Markaziy Osiyo mamlakatlari o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishdan iborat. Bunday integratsion aloqaning aniq shakli sifatida 1992 yilning yanvar oyida tashkil etilgan Markaziy Osiyo mintaqaviy hamkorligi (SARS) tashkil etildi.
Yana bir istiqbolli, kuchli salohiyatga ega bo'lgan mintaqaviy birlashmalardan biri - Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShOS)dir. Bu tashkilot 2001 yilning 15 iyunida oltita - O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Тojikiston, Rossiya va Хitoy mamlakatlari hamkorligida tashkil etildi.
O'zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlari bilan iqtisodiy integratsiyasining kuchayishi ko'p jihatdan mazkur mamlakatlarning milliy manfaatdorligi bilan belgilanadi. Eng avvalo, O'zbekiston raqobat jihatidan nisbatan ustunlikka ega bo'lgan ishlab chiqarish sohalari tovarlari - paxta xom ashyosi, mashinasozlik, kimyo sanoati, qurilish materiallari sanoati, elektr energetikasi tovarlarining savdosini kengaytirishi maqsadga muvofiqdir.
O'zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirib borishi BMТning respublikada amalga oshirayotgan iqtisodiy, ta'lim, sog'liqni saqlash, madaniyat, fan sohalarida amalga oshirilayotgan loyihalarida ham namoyon bo'ladi. Yevropa Ittifoqiga a'zo bo'lgan mamlakatlar bilan iqtisodiy va savdo sohasidagi hamkorlik, NAТOning
«Тinchlik yo'lidagi sheriklik» dasturida mamlakatimiz ishtiroki uning jahon xo'jaligi qo'shilishning navbatdagi yo'nalishidir.
O'zbekistonning Хalqaro valyuta fondi va jahon banki bilan hamkorligi tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishdagi navbatdagi yo'nalishdir. Bu yo'nalishda ХVF bilan tizimli qayta qurilishlarni mablag' bilan ta'minlash, tizimli va makroiqtisodiy siyosat sohasidagi tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash dasturlari maqullandi.
Jahon bank tashkilotlari - Хalqaro ta'mirlash va rivojlanish banki (ХТRB), Хalqaro rivojlanish uyushmasi (ХRU), Хalqaro moliya korporatsiyasi (ХMK) va Investitsiyalarni kafolatlash xalqaro agentligi (IKХA) bilan hamkorlik O'zbekistonning tashqi iqtisodiy strategiyasini amalga oshirishda muhim rol o'ynaydi. Хalqaro moliya korporatsiyasi (ХMK) ham O'zbekistonda bir qator loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etmoqda.
O'zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeТТB) alohida rol o'ynaydi. Shunday qilib, O'zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo'shilishida dunyo mamlakatlari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlik hal qiluvchi o'ringa ega bo'lib, bu milliy iqtisodiyotning baynalmilallashuvini kuchaytiradi hamda iqtisodiy taraqqiyotini yuqori bosqichga ko'tarishning asosiy tashqi omillari hisoblanadi.
valyuta xalqaro kredit iqtisodiyoti
Xulosa
Xalqaro valuta-kredit munosabatlari - bozor iqtisodiyotining tarkibiy qismi va eng murakkab jarayonlaridan biridir. Ko'plab omillar ta'sirida xalqaro valuta- kredit munosabatlarimurakkablashmoqda va hozirgi sharoitda o'zining o'ta beqarorligi bilan ahamiyatlidir.
Pulning jahon xo'jaligida amal qilishi va turli xalqaro iqtisodiy aloqalarga (tashqi savdo, ishchi kuchi va kapital migratsiyasi, daromadlar, qarzlar va subsidiyalar oqimi, ilmiy-texnikaviy mahsulotlarni ayirboshlash, turizm va h.k.) xizmat qilishi bilan bog'liq iqtisodiy munosabatlar xalqaro valyuta-kredit munosabatlari deb ataladi. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari pulning xalqaro to'lov munosabatida amal qilish jarayonida vujudga keladi. Valyuta - bu mamlakatlar pul birligi (masalan, so'm, dollar, funt sterling va h.k.). Har bir milliy bozor o'zining milliy valyuta tizimiga ega bo'ladi.
Xalqaro valuta munosabatlari - valutaning jahon xo'jaligida amal qilishi borasida shakllanadigan va milliy xo'jaliklar faoliyati natijalarining o'zaro almashuviga xizmat ko'rsatadigan ijtimoiy munosabatlar yig'indisidir.
Xalqaro kredit - bu ssuda kapitaliing xalqaro miqyosida harakati bo'lib, bu harakat tovar va valyuta ko'rinishidagi mablag'larni qaytarib berishlik, muddatlilik va xaq to'lashlik asosida berish bilan bog'liqdir.
Mamlakatning ishlab chiqarish salohiyati, iqtisodiy rivojlanish darajalari, moddiy va ma'naviy ishlab chiqarish sifatlari va hajmining o'sishi, ishlab chiqarish infratuzilmasining tarakqiyoti ko'p jihatdan xalqaro valyuta-kredit munosabatlariga bog'liq.
Shunigndek, xalqaro valuta-kredit munosabatlari jamiyatda moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohalariga maqsadli va asoslangan investitsiyalar jalb etishni o'zida aks ettiradi. U yoki bu davlatning zamonaviy xalqaro valuta-kredit munosabatlari iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish, qishloq xo'jaligini ko'tarish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, aholini ish bilan ta'minlash, fan va texnikani rivojlantirish va shuningdek, ekologik muammolarni hal etish bilan ajralib turadi.
O'zbekistonda islohotlarning hozirgi bosqichida Xalqaro valuta-kredit munosabatlarining bosh maqsadi - iqtisodiyotda tarkibiy o'zgartirishlarni, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini amalga oshirish uchun korxonalar va kompaniyalarning investitsion faolligini yanada kuchaytirish, iqtisodiytoni raqobatbardoshligini ta'minlash, markazlashmagan investitsiyalarni ko'paytirish, iqtisodiyotga ko'proq investitsiyalarni jalb qilishdir.
Jahon tajribasi shuni ko'rsatadiki, xalqaro valuta-kredit munosabatlarida strategik investorlar ko'p miqdordagi mablag'larni birinchi navbatda iqtisodiyoti o'z ichki imkoniyatlari asosida barqaror va izchil ravishda rivojlanayotgan mamlakatlarga yo'naltiradi. Aynan shunday mamlakatlardagina qo'yilgan mablag'lar saqlanishiga va barqaror foyda olishga mo'ljal qilsa bo'ladi. Ichki va xorijiy investorlarni birinchi navbatda minimal darajadagi soliq imtiyozlari emas, balki biznesdagi keyingi qulay va maqbul istiqbollar qiziqtiradi. Qolaversa, ular eng avvalo mintaqalarning emas, balki mamlakatning xatarlilik darajasini hisobga oladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. 2017 yil 7 fevral.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2020 yil, 24 yanvar.
3. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti. 04.02.2014. Toshkent.
4. Красавина Л.Н.Международные валютно-кредитные и финансовые отношения. --М.: «ФиС». 2001 г.
5. Galanov V.A. Finansi, Denejnoe obrashenie i kredit: Uchebnik. - M.: FORUM: INFRA-M, 2006.
6. Tojiyev R.R. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari. Darslik. - T.: TDIU, 2009 y.
7. O'zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo'mitasi Press-relizlar, Toshkent, 2019.
8. O'zbekiston Respublikasi prezidentining rasmiy veb-sayti.
9. O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy Taraqqiyot va Kambag'allikni Qisqartirish Vazirligi rasmiy veb-sayti.
10. O'zbekiston Respublikasi Milliy qonunchilik tizimining veb-sayti.
11. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy veb-sayti.
12. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy veb-sayti.
13. Yangiliklar veb-sayti.
14. Global internet tarmog'i ensiklopediyasi.
Размещено на Allbest.ru
...Подобные документы
Подобные документы не найдены.